— Ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Instagram, WhatsApp) orqali keladigan xabarlarga tezkor javob berish
— Kiruvchi qo'ng'iroqlarni qabul qilish va mijozlarni to'liq konsultatsiya qilish
— Sovuq qo'ng'iroqlar orqali yangi mijozlarni jalb qilish
— Mijozlarni ofisga olib kelish va bitimni yopish
— Har bir mijoz bilan muloqotni CRM yoki jadvalda qayd etish
— Haftalik va oylik reja bo'yicha natija ko'rsatish
— O'zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish
— Telefon va yozma muloqotda ishonchli va do'stona bo'lish
— Maqsadga yo'naltirilgan, natijaga intiluvchi xarakter
— Mas'uliyatli, puxta va bir vaqtda bir nechta vazifani boshqara olish
— Savdo yoki call-markaz tajribasi — afzallik, lekin shart emas, o'rgatamiz
— Ish vaqti: 10:00 — 19:00, Dushanba — Shanba
— Rasmiy ish joyi, mehnat shartnomasi
— Maosh: belgilangan stavka + har bir jalb qilingan mijoz uchun komissiya
— To'liq o'quv: viza turlari, mamlakatlar, savdo texnikasi bo'yicha o'rgatiladi
MUHIM: Ariza yuborish uchun faqat rezyume yuborish yetarli emas.
Telegram yoki WhatsApp raqamimizga rezyume + 60 soniyalik ovozli xabar yuboring.
Ovozli xabarda quyidagiga javob bering:
"Siz odamlarni ishontirishda nima uchun yaxshisiz? Va narx qimmat degan mijozga nima derdingiz?"