MUDARRIS AKADEMIYA
Ta’lim sifati va ichki audit bo‘limi rahbari
- Внутренний аудит
- Организация учебного процесса
- Обучение и развитие
- Руководство коллективом
- Аналитическое мышление
- Управление командой
- Анализ данных
- Узбекский — C2 — В совершенстве
Mudarris Maktabi — ta’lim sifati va ichki nazorat tizimini strategik darajada rivojlantirish uchun tajribali Audit bo‘limi rahbarini jamoaga taklif qiladi.
Ushbu lavozim ta’lim jarayonlari sifatini nazorat qilish, standartlarni shakllantirish, audit tizimini rivojlantirish va barcha filiallar faoliyatini tahliliy monitoring qilish uchun muhim boshqaruv pozitsiyasi hisoblanadi.
Vazifalar:
• Maktablar faoliyatini ichki audit tizimi asosida muntazam nazorat qilish;
• Ta’lim sifati, dars jarayonlari va ichki standartlarga rioya etilishi bo‘yicha monitoring olib borish;
• Kamera monitoring tizimi orqali o‘quv jarayonlarini tahlil qilish;
• O‘qituvchilar faoliyatini baholash va metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
• Oylik va choraklik imtihonlar shaffofligini nazorat qilish;
• Audit natijalari asosida tahliliy hisobotlar tayyorlash;
• KPI ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va monitoring qilish;
• Aniqlangan muammolar bo‘yicha tuzatish va rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish;
• Audit bo‘limi jamoasini boshqarish va rivojlantirish.
Talablar:
• Ta’lim sohasida kamida 5 yillik tajriba;
• Rahbarlik lavozimida kamida 2 yillik ish tajribasi;
• Kuchli analitik va tizimli fikrlash qobiliyati;
• Yuqori darajadagi mas’uliyat va printsipial yondashuv;
• Excel va Google Sheets bilan ishlash ko‘nikmasi;
• Hisobot tayyorlash va ma’lumotlarni tahlil qilish tajribasi;
• Monitoring va nazorat tizimlari bilan ishlash tajribasi;
• O‘zbek tilini mukammal bilish;
• Rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi.
Ish sharoitlari:
• Ish vaqti: 09:00 – 18:00, 6/1;
• Manzil: Sergeli tumani, Yangihayot metro bekati yaqinida;
• KPI asosidagi bonus tizimi;
• Bepul tushlik;
• Zamonaviy va qulay ish muhiti;
• Professional rivojlanish va karyera o‘sishi imkoniyati;
• Ta’lim xizmatlari uchun imtiyozlar.
Agar siz ta’lim sifatini nazorat qilish, tizim yaratish va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruvda tajribaga ega bo‘lsangiz, rezyume yuborishingizni kutamiz.
📩 Ariza topshirish uchun