EDUON PLATFORM

Директор по персоналу (HRD)

2 000 - 4 000 USD
  • Ташкент
  • От 3 до 6 лет
  • Автоматизация процессов управления персоналом
  • Стратегическое мышление
  • Кадровое планирование
  • Разработка и внедрение системы KPI
  • Управленческие навыки
  • Подбор персонала
  • Деловая коммуникация
  • Руководство коллективом
  • Корпоративная культура
  • Оценка персонала
  • Кадровый менеджмент
  • Анализ организационной структуры компании
  • Разработка долгосрочной системы мотивации
  • Разработка регламентов
  • Управление бизнес процессами
  • Навыки презентации
  • Узбекский — C1 — Продвинутый
  • Английский — B2 — Средне-продвинутый
  • Русский — B2 — Средне-продвинутый

Loyiha haqida

MFaktor — MFaktorning tarkibidagi yangi, ambitsiyali loyiha. Biz noldan quryapmiz, shuning uchun tayyor tizimga keladigan emas, balki uni o'zi yaratadigan kuchli HR-rahbar qidiryapmiz — strategiyadan tortib 100+ kishilik jamoa bilan ishlaydigan jarayonlargacha.

Kimni qiqirayapmiz?

"Kadrovik" emas, HRD-strateg. Personal departamentini noldan qura oladigan, egasining sherigi kabi fikrlaydigan va HR'ni biznes maqsadlari bilan bevosita bog'laydigan inson. Aqlli, tajribali, mustaqil — ko'rsatma kutmasdan, o'zi standart o'rnata oladigan.

Vazifalar

  • Loyiha HR-strategiyasini biznes maqsadlariga bog'lab ishlab chiqish
  • HR'ni noldan qurish: tashkiliy tuzilma, shtat jadvali, ishga olish, moslashuv, baholash va rivojlantirish jarayonlari
  • Motivatsiya, KPI va greydlar tizimini yaratish
  • 100+ kishilik personalni boshqarish
  • Yangi loyihaning korporativ madaniyati va HR-brendini shakllantirish
  • HR-analitika va metrikalarni joriy etish (kadrlar oqimi, ishga olish narxi, samaradorlik)
  • HR-jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish
  • O'z HR-jamoasini yig'ish va rivojlantirish
  • Personal xarajatlarini byudjetlash

Talablar

  • HRD / HR-departament rahbari sifatida 3–5 yildan ortiq tajriba
  • HR-tizimni noldan qurgan tasdiqlangan tajriba (faqat operatsion ish emas)
  • 100 kishidan ortiq personalni boshqarish tajribasi
  • Biznes-fikrlash: raqamlarni o'qiy olish va HR'ni loyiha iqtisodiyoti bilan bog'lash
  • O'zbekiston mehnat qonunchiligini bilish
  • Kuchli liderlik, tahliliy va kommunikatsiya ko'nikmalari
  • Strategik fikrlash + ishga tushirish bosqichida o'z qo'li bilan ishlashga tayyorlik
  • Tillar: o'zbek, (rus va ingliz tili — afzallik)

Afzallik beradi

  • Yangi loyihalarda / startaplarda HR-funksiyani ishga tushirish tajribasi
  • HRM-tizimlarni joriy etish va avtomatlashtirish tajribasi
  • KPI va greydlar tizimini qurish tajribasi
  • Ommaviy / chiziqli personal bilan ishlash tajribasi

Biz taklif qilamiz

  • $2 000 – $4 000 maosh, tajriba va natijaga qarab
  • Real vakolatlar: siz departamentni noldan quryapsiz, birovning ishini qo'llab-quvvatlamaysiz
  • Egasi va top-jamoa bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot
  • Yangi loyihada HR poydevorini qo'yish va strategiyaga ta'sir qilish imkoniyati
  • Start bosqichidagi professional va ambitsiyali jamoa